Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda 15 yoshli qizlar o‘zganing kir mashinasini jabrlanuvchining uyidayoq sotib yubordi
4.12.2021 20:53,  
177

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida uch nafar qiz o‘zgaga tegishli kir yuvish mashinasini sotib yubordi, deb xabar beradi Tergov departamenti.

Ma’lum qilinishicha, 25-noyabr kuni soat 14:00 dan 16:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs To‘raqo‘rg‘on tuman “Turkiston” MFYda yashovchi A.D.ning (46 yoshli) yashash xonadonida hech kim o‘qligidan foydalanib, ayvonda bo‘lgan, narxi 1,5 million so‘mlik Artel kir yuvish mashinasini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “G” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hodisa joyida guvohlar so‘roq qilinganda, voqea sodir bo‘lgan vaqtda jabrlanuvchining yashash xonadoni oldida oq rangli “VAZ-21011” avtomashinasi va 3 nafar ayolni ko‘rganini bildirgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida videokuzatuv moslamalari yordamida “VAZ-21011” avtomashina fuqaro M.N.ga tegishli yekani aniqlangan. U o‘g‘irlangan kir yuvish mashinasini Yangi Namangan tumani “Guliston” MFYda yashovchi K.O.ga (15 yoshli) S.M., Z.D. va R.J.lardan 500 ming so‘m yevaziga sotib olganini ma’lum qilgan. Kir yuvish mashinasi ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha voyaga yetmagan S.M., Z.D. va R.J. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok yetishga jalb qilinib, himoyachi va qonuniy vakillari ishtirokida so‘roq qilingan. Tergov harakatlari davom yetmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан