Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda 16,3 trillion so‘mlik loyiha asosida 55 ming yangi ish o‘rni yaratilishi aytilmoqda
27.06.2020 18:17,  
74

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Namangan shahrida viloyat va tuman hokimlari, soha va tarmoqlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, sanoat, kichik va o‘rta biznes, hunarmandchilik, xizmat ko‘rsatish sohalari viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish va aholi daromadlarini oshirishning eng muhim drayverlari bo‘la oladi. Ushbu sohalar bo‘yicha Namanganda katta tajriba bor. Shunga muvofiq, viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish orqali muhtoj oilalarning 12 mingdan ortiq ishsiz a’zolarini band qilish va yil oxiriga qadar kambag‘al oilalar safidan chiqarish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.

Xususan, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi 600 ta tadbirkor faoliyatini tiklash orqali 2 mingta xodim ish joyiga qaytadi.

Viloyatda 2020-2021 yillarda qiymati 16,3 trillion so‘m bo‘lgan 1953 ta hududiy loyiha amalga oshirilib, 55 ming yangi ish o‘rni yaratiladi. Shundan joriy yilda umumiy qiymati 8,3 trillion so‘m bo‘lgan 1652 ta loyiha hayotga joriy etilib, 35 mingta yangi ish o‘rni tashkil etiladi.

Prezident paxta-to‘qimachilik klasterlari ushbu e’tiborga munosib harakat qilishi, ko‘proq daromad olib, odamlarni ish bilan ta’minlashi zarurligini ta’kidladi.

Viloyatda quyonchilik, asalarichilik, chorvachilik, parrandachilik bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish belgilandi. Xususan, Namangan tumanida 4806 ta xonadonda issiqxonalar tashkil etish, yil oxirigacha chorvachilik yo‘nalishida qiymati 386 milliard so‘m bo‘lgan 84 ta loyihani amalga oshirishni yakunlash topshirildi.

Bunda chetdan 13 ming bosh naslli qoramol, 13 ming bosh jo‘n yo‘nalishidagi echki va shuncha qo‘y olib kelinib, Pop va Chust tumanlaridagi xonadonlarga tarqatiladi. Yillik quvvati 10 ming tonna sut va ming tonna go‘shtni qayta ishlash bo‘yicha yangi quvvatlar ishga tushiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан