Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda 5 tonnalik sumalak tayyorlanadi
21.02.2018 19:35,  
19

Namangan shahrida Navro‘z bayrami tantanalari doirasida 20-21 mart kunlari ilk bor tashkil etiladigan "Sumalak sayli" turizm va milliy qadriyatlar festivali davomida 5 tonnalik qozonda sumalak tayyorlanadi. 

Xabarda aytilishicha, buncha miqdordagi sumalakni tayyorlash uchun 2 tonna bug‘doy ivitiladi. Bug‘doydan tashqari, 2 tonna un, 1 tonna yog‘, 450 kg zog‘ora uni, 50 kg novvot ishlatiladi. Sumalakni tayyorlash uchun 25 nafar onaxon – sumalak ustalari jalb etiladi.

Tayyorlangan sumalak barcha tashrif buyurgan mehmonlarga tortiq qilish bilan birga, qariyalar va mehribonlik uylariga, mahallalardagi kam ta’minlangan oilalarga tarqatiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil 8 sentyabr kuni Toshkentda "O‘zbegim" festivali doirasida 7360 kilo palov tayyorlangan va Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан