7 iyul kuni Namangan viloyati Davlatobod tumani «Yuksalish» mahalla fuqarolar yig‘ini Kushon sanoat hududidan 4 ta butun va 2 ta yarimta yemirilgan «aviatsion» bombalar topildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu bombalar artilleriya snaryadi bo‘lib, ular korroziyaga uchrab yemirilgan.
Qayd etilishicha, topilgan bombalarni zararsizlantirish maqsadida Pop tumanidagi G‘urimsaroy 07648-xarbiy qismning maxsus o‘q otish poligoniga olib borilib, yo‘q qilish ishlari olib borilmoqda.
«Bu hududda kunlik navbatchilik tashkil etilib, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qidiruv-qutqaruv otryadi, Ichki ishlar boshqarmasi, Mudofaa vazirligi va IIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Namangan viloyati maxsus otryadlari jalb etilgan, xozirda ushbu hududda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.