Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda eri voz kechgani uchun ovsinining qizini kanalga cho‘ktirib yuborgan ayolga sud hukmi o‘qildi
19.10.2021 20:31,  
217

2021 yilning aprelida Namangan viloyatining Chortoq tumanidan oqib o‘tgan Katta Namangan kanalidan 5-sinf o‘quvchisining jasadi topilgani va qotillikda uning kelinoyisi gumonlanayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Zo‘r TV telekanalining «Bu kun» dasturida ma’lum qilinishicha, Chust tuman sudida ayolga nisbatan hukm tayinlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 5 aprel kuni 47-sonli maktabning 5-sinf o‘quvchisi M.A. 2-darsdan so‘ng yaqin qarindoshi tomonidan olib ketilgan va maktabga qaytib kelmagach, uni bedarak yo‘qolgani haqida xabarlar tarqalgan. Maktab ma’muriyati shu kuni soat 16:00 larda IIBga murojaat qilgan.

Holat yuzasidan Chortoq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, voyaga yetmagan fuqaroning yo‘qolgani shubhali tuyulgani sabab Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Huquq-tartibot idoralari tomonidan olib borilgan tekshiruvlar natijasida qizchani maktabdan uning 1999 yilda tug‘ilgan F.Q. ismli kelinoyisi olib ketgani ma’lum bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, F.Q. muqaddam o‘g‘rilik sodir etgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan va turmush o‘rtog‘i u bilan yashamay qo‘ygan. Sudlanuvchi turmush o‘rtog‘iga birga yashashni taklif qilib, rad javobini olgach, o‘ch olishga qaror qilgan va qaynakasining qizini kanalga itarib yuborgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chust tumani sudida mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, ayblanuvchi F.Q.ga nisbatan 16 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан