Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda erkak shar’iy nikohidagi xotini bilan "gaplashib" yurgan yigitdan pul undirmoqchi bo‘ldi
9.01.2022 13:48,  
235

Chortoq tumani “Beshkapa” MFY,da yashovchi 27 yoshli I.A. shu tumanda yashovchi 20 yoshli A.D. bilan tanishib qolib, telefon orqali gaplashib yuradi. 2021 yil 30 dekabr kuni esa Chortoq tumani “Baynalmilal” MFY,da yashovchi 29 yoshli A.M. unga qo‘ng‘iroq qilib, u tanishib va gaplashib yurgan qiz, uning shar’iy nikohdagi xotini ekanligini aytadi. Shu kuni 3 nafar tanishlari bilan birgalikda u bilan ko‘rishib, 7.000.000 so‘m pul talab qilib, pullarni bermasa mahallasiga borib, sharmanda qilishi va o‘ldirish bilan tahdid qiladi. 

 Bu haqda yigit Namangan viloyati IIBga ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab murojaat qiladi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Shu kunning o‘zida, mazkur ariza yuzasidan Namangan viloyati IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, A.M. Chortoq tumani markazida o‘zining tanishi orqali kimyoviy ishlov berilgan 5.100.000 so‘m miqdoridagi pullarni olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chortoq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan A.M.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан