Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda erkak tanish ayolining “Malibu-2”sini yoqib yubordi
16.11.2021 17:35,  
322

Namanganda erkak tanish ayolining “Malibu-2”sini yoqib yubordi.

U mashina oynasini tosh bilan sindirib, uning saloniga 10 lirtcha benzin sepadi va yoqib yuboradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda tungi soat 03:35 atroflarida “Malibu-2” rusumli avtomobil yonib ketgani aks etgan suratlar xabar tarqaldi. Unda aytilishicha, notanish erkak qasddan mashinaning oynasini sindirib, ichini yoqib yuborgan. Mazkur holat Namangan viloyati IIB tomonidan o‘rganilib, rasmiy ma’lumot berildi.

Aniqlanishicha, voqea joriy yilning 13 noyabr kuni bo‘lgan. Namangan viloyatining Davlatobod tumanida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan ayol mashinasini yoqib yuborgan erkak bilan shu yilning mart oylaridan buyon tanish bo‘lgan. 13 noyabr kuni ayol bilan o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan kelishmovchilik sabab fuqaro mast holda tungi soat 03:00 larda ayolga tegishli “Malibu-2”ning oynasini tosh bilan sindirib, mashina saloniga 10 lirtcha benzin sepadi va yoqib yuboradi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Davlatobod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан