Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda firibgarlar "Lacyetti"ni o‘g‘irlab sotib yuborgan
10.03.2022 11:44,  
130

Namangan viloyati. 2022 yil 28 fevral kuni soat 16:00 larda Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Favvora” nomli oshxonasida 36 yoshli S.R., 27 yoshli S.R., 28 yoshli T.B. va 24 yoshli U.X.,lar ko‘rishib, o‘sha yerda Chust tumani Chakob ko‘chasida yashovchi 31 yoshli O.B. ga tegishli bo‘lgan “Lacetti” rusumli avtomashinasini olib qochishni rejalashtirib, bir guruh bo‘lib, jinoiy til biriktirib, go‘yoki uzum mahsulotlarini sotib olish uchun O.B.,ni Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan mevalarni saqlash omboriga chaqirib, u bilan ko‘rishib, rejaga asosan O.B.,ni har xil gaplar bilan chalg‘itib, u boshqarib kelgan “Lacetti” avtomashinasini olib qochib, avtomashinani Namangan shahrida yashovchi fuqaroga 3000 AQSh dollarga sotib, undan 2300 AQSh dollarini olib, pullarni o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborishganligi aniqlangan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida O.B.,ga tegishli bo‘lgan “Lacetti” rusumli avtomashina Namangan shahrida yashovchi fuqarodan ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 2-qismi “b” bandi (transport vositasini olib qochish) bilan qo‘zg‘atilib, ular protsessual tartibida ushlanishgan.

Ta’kidlash joizki, Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, jinoyatni sodir etgan shaxs 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан