Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda "gaz zapravka" yonib ketdi
2.10.2021 09:18,  
268

Joriy yilning 02 oktyabr kuni soat 00-13 da Namangan tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limini 101 qisqa raqamiga Namangan tumani “Qurama” mahalla fuqarolar yig‘ini Qorasuv ko‘chasi 2 uyda joylashgan “Zamin Metal Sanoat” Ma’suliyati cheklangan jamiyatga qarashlik 1-AGTKSh (avtomabillarga gaz to‘ldirish kompressor shaxobchasi)da yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.  

Namangan tuman va Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limlari pudlik bilan voqea joyiga soat 00-25 da yetib borgan hamda yong‘in soat 00-27da qurshab olingan.  

Yong‘in natijasida shaxobchani birinchi gaz quyish uskunasi va shift qismida 40 kv.metr joyi yonib zararlangan.

Sodir bo‘lgan yong‘inni yong‘in-qutqaruvchilar tomonidan soat 00-45da o‘chirildi.

Sodir bo‘lgan yong‘in natijasida insonlarni kuyish tan jarohati olish hamda halok bo‘lish holatlariga yo‘l qo‘yilmagan.

Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан