Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda ham 4 nafar bemor koronavirusdan butunlay sog‘aydi 
10.04.2020 15:49,  
249

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining xabar berishicha, bugun kasbiga sadoqatli tibbiyot xodimlarining astoydil sa’y-harakatlari natijasida Namangan viloyatdagi to‘rt nafar koronavirusni yuqtirgan fuqaro butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga olindi.

Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Solijon Mo‘minov va boshqa mas’ullar tomonidan viloyat reabilitatsiya markaziga kuzatib qo‘yildi. Kasallikdan tuzalgan fuqarolar ma’lum muddat shu yerda karantinda bo‘ladi.

– Bugun mening hayotimda unutilmas sana. Xuddi qayta dunyoga kelgandek his etyapman o‘zimni, – deydi bemor. – Bizni o‘ylab shunchalik sharoit yaratib bergan Prezidentimizga behisob rahmat. Shifokorlarimizdan bir umr minnatdormiz. Ular o‘zlarining jasoratli xizmatlari, yuksak malakalari, insoniy munosabatlari bilan bizni oyoqqa turg‘azishga sabab bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, 10 aprel holatiga ko‘ra yurtimizda koronavirus yuqtirganlar 624 nafarni tashkil qilmoqda. Ulardan 42 nafari ushbu kasallikdan to‘liq forig‘ bo‘lishdi, 3 nafari esa vafot etdi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан