Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda ham suv ta’minotida favqulodda nosozlik yuzaga kelgan
11.01.2021 11:28,  
47

Bugun, 11 yanvar kuni, Namangan viloyatidagi “Paxtaliko‘l” suv uzatish inshootida D-1000 millimetrli yuqori bosimli magistral tarmoqlarda favqulodda nosozlik sodir bo‘lganligi sababli mazkur inshoot faoliyati soat 10:00dan boshlab vaqtinchalik to‘xtatildi.

“Namangan suv ta’minoti” MChJ axborot xizmati xabariga ko‘ra, Namangan shahrining Oromgoh dahasi, 1-Axsikent, 2-Axsikent, Go‘zal, Chamanzor, Mingchinor, Mustaqillik, Pahlavon, Nurobod, Sihatgoh, Mehnatobod,  Ishonch, Istiqbol MFY hududi va 1-kichik tumani ayrim joylarida ichimlik suvi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar sodir bo‘ladi. 

Hozirda “Namangan suv ta’minoti” MChJ Namangan shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan nosozlikni bartaraf etish choralari ko‘rilayotgani aytilgan.

Avvalroq, Andijonda katta suv quvuri yorilib ketgani, aholidan ichimlik suvi zaxirasini g‘amlab qo‘yish so‘ralgani xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан