Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda harakatlanib ketayotgan "Nexia" yonib ketdi
13.03.2021 20:52,  
245

Joriy yilning 13 mart kuni soat 18:30larda, Namangan shahar, Davlatobod tumani, I.Karimov ko‘chasida, haydovchi, 1996 yilda tug‘ilgan F.I. boshqaruvidagi "Neksiya-2" rusumli avtomobilda qisqa tutashuv yuzaga kelib yong‘inga aylangan. Haydovchi zudlik bilan avtomobilni yo‘l chetiga to‘xtatgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi. 

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Avtomobilning salon qismi yong‘indan zararlangan.

Mazkur hodisa yuzasidan Namangan shahar IIO FMB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda. 

"Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishlarini so‘rab qolamiz",–deyiladi YHXBB xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан