Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda ikki nafar 2019 yilda tug‘ilgan chaqaloq koronavirusdan tuzaldi
4.05.2020 15:58,  
108

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, bugun Namangan viloyatida 17 nafar, Samarqand viloyatida 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Namanganda sog‘ayganlarning barchasi ushbu viloyatdan (9 nafari Namangan shahridan, 3 nafari Uchqo‘rg‘on tumanidan, 2 nafari Norin tumanidan, 1 nafardan Chust, Namangan va Uychi tumanlaridan) bo‘lib, ular koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlarning 6 nafari erkak, 11 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 48 yoshda bo‘lsa, ikki nafar eng yoshi kichigi 2019 yilda tug‘ilgan. Samarali davolash muolajalari tufayli bugungi kunda laboratoriya tekshiruvlari ularning darddan butunlay forig‘ bo‘lganini ko‘rsatdi.

Samarqandda tuzalganlardan 1 nafari (ayol) 37 yoshda bo‘lib, Samarqand shahridan. Yana 1 nafari (erkak) ham 37 yoshda bo‘lib, Toyloq tumanidan. Ular koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Viloyatda shu vaqtgacha 22 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ularning soni 24 nafarga yetdi.

Shuningdek, poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 9 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 8 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog‘ayganlarning 7 nafari Toshkent shahridan, Buxoro va Toshkent viloyatlaridan 1 nafardan. Ulardan 8 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 1 nafari esa Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Bemorlardan 6 nafari erkak, 3 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 61 bo‘lsa, eng yoshi kichigi 9 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 6 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 2 nafari Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, poytaxtimiz va Toshkent viloyatidan 3 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Jizzax viloyatidan 1 nafardan. Bemorlardan 6 nafari erkak, 2 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 58 bo‘lsa, eng yoshi kichigi 10 yoshda.

Shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan navbatdagi 6 nafar bemor butunlay sog‘ayib, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Sog‘ayganlarning 3 nafari Toshkent shahridan, Sirdaryo, Namangan va Toshkent viloyatlaridan 1 nafardan. Ularning 1 nafari Rossiyadan Qozog‘istondan orqali, yana 1 nafari Qozog‘istonning o‘zidan, yana 1 nafari esa Turkiyadan yurtimizga kelishgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, mazkur klinikaga yotqizilgan. Qolgan 3 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 5 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 62 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 19 yoshda.

Shunday qilib, bugun ayni paytga qadar 51 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1370 nafarga yetdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан