Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda bir oilaning uch a’zosi is gazidan zaharlanish natijasida vafot etdi
17.11.2019 21:33,  
237

​Namangan viloyati Uychi tumani “Do‘stlik” MFY, Mirishkor ko‘chasidagi uyda 4 nafar fuqaro is gazidan zaharlandi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, mudhish hodisa bugun, 17 noyabr kuni soat 03:10larda sodir bo‘lgan. Voqea joyida xonadon sohibining turmush o‘rtog‘i va ikki nafar farzandi vafot etgan. Xonadon sohibi esa tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

Gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda yong‘in va xavfsizlik talablariga rioya qilinmagani mazkur mudhish hodisaga sabab bo‘lgan.

Aniqlanishicha, xonadonda qo‘lbola yasalgan isitish pechiga propan gaz balloni rezina shlang orqali ulanib uy ichida foydalanilgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

FVV fuqarolardan kirib kelayotgan isitish mavsumida gaz va boshqa muqobil yoqilg‘i turlaridan xavfsiz foydalanish qoidalariga amal qilishni, qo‘lbola va sertifikatlanmagan isitish anjomlaridan foydalanmaslikni so‘ragan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан