Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda ishsizlarga to‘lanishi kerak bo‘lgan 200 million so‘mdan ortiq pullar talon-taroj qilindi
3.08.2020 11:12,  
471

Namangan viloyati Namangan tumanida ishsizlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan 216,2 million so‘m byudjet mablag‘lari talon-taroj qilingani ma’lum qilindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tumandagi Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi mansabdor shaxslari tomonidan markazga ish so‘rab murojaat qilmagan va ishsizlar ro‘yxatiga kiritilmagan 204 fuqaroning jamoat ishlariga jalb etilgani haqida soxta hujjatlar tuzish orqali jami 216,2 million so‘m byudjet mablag‘lari talon-taroj qilingani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan markaz mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

MAVZUGA DOIR: 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан