Namanganda jahon standartidagi kartodrom qurildi

Namanganda jahon standartidagi kartodrom qurildi

Foto: O‘zA

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida uch konfiguratsiyali kartodrom qurildi. Bu haqda O‘zA xabar beradi.

Tumandagi mavjud 870 metrdan iborat kartodrom hududidan qo‘shimcha 0.50 gektar yer maydoni sotib olinib, xalqaro talablarga javob beradigan umumiy uzunligi 1050 metr bo‘lgan uch yo‘nalishli (1-yo‘nalish 831 metr), (2-yo‘nalish 825 metr), (3- yo‘nalish 855 metr) yangi zamonaviy kartodrom qayta bunyod qilindi. 

O‘zA ushbu xalqaro kartodromni “Markaziy Osiyoda yagona”, deya ta’riflamoqda.

Yangi kartodromda respublika va xalqaro darajadagi sport musobaqalarini sifatli va tizimli o‘tkazish, shuningdek, Namangan viloyatida sport turizmini rivojlantirish maqsadida “Karting poygasi” bo‘yicha viloyat hokimi kubogi uchun xalqaro musobaqa o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda.