Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda keksa ayolni urib o‘ldirgan erkak 20 yilga qamaldi
5.03.2020 22:53,  
648

Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyat sudi 73 yoshli Nadejda Kutyaninani o‘lgunicha kaltaklagan 32 yoshli Sharif Otaboyevni 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish to‘g‘risida hukm chiqardi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy sudi saytida xabar qilindi.

Hujjatda qayd etilishicha, hodisa 21 sentyabr kuni Namangandagi «Favorit» kafesi yaqinida sodir bo‘lgan. Sudya Azamat G‘afforovning so‘zlariga ko‘ra, sudlanuvchi shu kuni 00:45 da tungi barda spirtli ichimliklar ichgan.

«Tashqariga chiqqanidan so‘ng yengil tabiatli ayollar bilan ko‘ngilxushlik qilish xohishi bo‘lgan hamda ana shu joyda oshxona, klub orqasidagi hojatxonada ishlayotgan Kutyanova Nadejdadan yengil tabiatli ayollar bor-yo‘qligini so‘ragan. Shunda u ayolning bunday ishlar bilan shug‘ullanma, uyingga ket, degan gapi unga yoqmagan. Ichkilik ta’sirida bo‘lgani uchun ayolning boshi va tanasining boshqa qismlariga tosh, oyoq-qo‘llari bilan urib, kiyimlarini yirtib tashlab, qasddan o‘ta shafqatsizlik bilan o‘ldirgan», — dedi sudya Sevimli TV telekanalining Zamon dasturiga.

Sud qarorida qayd etilishicha, erkak ayolni kafe yaqinida urganidan so‘ng uni qurilishi bitmagan binogacha sudrab borib, yo‘l bo‘ylab ham unga zarbalar bergan. So‘ngra Otaboyev Nadejda Kutyaninaning boshiga boshiga g‘isht bilan 11 marta, tanasining boshqa qismlariga yana bir nechta zarbalar bergan. Ayol hodisa joyida vafot etgan.

Sudlanuvchi o‘z aybini to‘liq tan oldi. U o‘z harakatlarini Nadejda Kutyanovadan qayerda qizlar bilan dam olish mumkinligini so‘raganda u: «Borib onang bilan dam ol», — deya javob bergani bilan izohladi. «Jahlim chiqdi… Uni o‘ldirish maqsadim yo‘q edi», — dedi u.

Sud Sharif Otaboyevni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «v», «j» va «l» bandlarida (aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni; o‘ta shafqatsizlik bilan; bezorilik oqibatida qasddan odam o‘ldirish) ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topdi va unga 19 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

2018 yil oktyabrida Sharif Otaboyevga o‘g‘irlik sodir etgani uchun 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan edi. Sudlanuvchi jazoni o‘tash davrida yangi jinoyat (qotillik) sodir etgani sababli yangi hukm bo‘yicha jazoga (19 yil) jazoning o‘talmagan qismi ham qo‘shildi. Natijada uzil-kesil 20 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан