Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda kobalt va tez yordam mashinalari ishtirokida avariya sodir bo‘ldi
28.07.2020 14:21,  
520

Namangan viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, viloyatda «Maxsus stikerga egaman, yo‘llarda avtomobillar kam, tezlikni oshirsam hech narsa qilmaydi», qabilida ish ko‘rayotganlar xam yo‘q emas.

Xususan, Namangan shahrida yashovchi fuqaro 26 iyul kuni o‘ziga tegishli bo‘lgan Kobalt rusumli avtomashinasini maxsus stiker orqali Olmazor ko‘chasida boshqarib ketayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay qarama qarshi tomondan kelayotgan Damas rusumli tez yordam mashinasiga borib urilgan. Natijada Kobalt haydovchisi ko‘krak qafasi yumshoq to‘qimasi lat yeyishi bilan shikastlangan.

Tez yordam haydovchisi esa og‘ir qo‘shma shikast, bosh miya yopiq shikasti, o‘ng oyoq son suyagini yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Tez yordam avtomashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro esa og‘ir tan jarohati olib ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay shifoxonada vafot etgan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

«Vafot etgan marhumning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Haydovchilardan esa yo‘l harakati qoidalariga amal qilib, avtomobil tezligini oshirmasliklarini so‘rab qolamiz. Zero haydovchining ruldagi harakati o‘zi va o‘zganing hayotiga zomin bo‘lmasin» - deyiladi IIV xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан