Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda koronavirus bilan og‘rigan yana bir bemor vafot etdi
22.04.2020 15:23,  
921

Shu yilning 14 aprel kuni Namangan shahrida yashovchi G. og‘ir ahvolda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Zudlik bilan amalga oshirilgan laborator tahlil natijasida unda koronavirus infeksiyasi borligi tasdiqlangan.

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, 54 yoshli ushbu bemor (ayol) oldin ham gipertoniya va qandli diabet tashxisi bilan surunkali kasallanib kelgan. Ushbu kasalliklari hisobiga  u 17 aprel kuni viloyat yuqumli kasalliklari shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga olingan.

Bemorning shu kungacha  kunlik ahvoli mamlakatimizdagi mazkur sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining nufuzli mutaxassis shifokorlari nazoratida bo‘lgan. Ular tomonidan muntazam  konsiliumlar  o‘tkazib kelingan.

Biroq mutaxassislarning  belgilangan standartlar asosida  o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан