Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda koronavirusga chalingan 7 nafar bemor tuzaldi
18.05.2020 12:54,  
109

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, bugun Namangan viloyatida 7 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘ayganlarning 2 nafari Rossiyadan Qozog‘iston orqali kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Qolgan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqot qilib, kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 3 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Sog‘ayganlarning barchasi Namangan viloyatidan (3 nafari Namangan shahridan, 2 nafardan Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlaridan). Ular orasida eng yoshi kattasi 48 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 15 yosh.

Viloyatda shu paytga qadar 207 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 214 nafarga yetdi.

Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2254 nafarni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан