Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda mahalla puliga qurilgan gaz quvurlarini gazchilar kesmoqda
14.09.2019 11:47,  
166

Namangan shahrining aholi eng zich joylashgan hududlaridan gaz quvurlari kesib olib ketilmoqda. Taxtako‘prik va Sadoqat ko‘chalarida yashovchi aholining ma’lum qilishicha, bir necha yil muqaddam mahalliy aholi yiqqan puliga ushbu quvurlarni olib gaz tushirgan.

Ta’kidlash kerakki, bu quvurlardan gaz kelmay qo‘yganiga o‘n yillar chamasi bo‘ldi.

Mahalliy aholining aytishicha, quvurlarni kesayotganlar viloyat gaz idorasi xodimlaridir.

Saytga yetib kelgan “Namangan viloyati hududiy gaz ta’minoti filiali, Namangan shahar gaz ta’minoti bo‘limi hamda Madaniy MFY a’zolarining yig‘ilish bayoni” joriy yilning 26 avgustida tuzilgan. Unda ushbu hudud tabiiy gaz yetib borishi qiyin hudud ekanligi, ijtimoiy soha muassasalari suyultirilgan gaz ta’minotiga o‘tkazilganligi hamda hozirgi kunda foydalanishda bo‘lmagan gaz tarmoqlari shaharsozlik va me’moriy talablarga javob bermasligi yozilgan.

Yig‘ilish bayonida gaz tarmoqlari va undagi qurilmalarni demontaj qilinib bo‘lim omboriga topshirishga qaror qilingan.

Hujjatda “tabiiy gaz yetib borishi qiyin hudud” deb ta’riflangan mahallalarga ko‘p yillar davomida gaz yetib kelgan. Gaz yetkazib berishdagi uzilishlar boshlanganida o‘n yilcha bo‘ldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан