Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






MIB tomonidan 20 ming dollarga yaqin qalbaki pullar yoqib yuborildi
23.12.2021 19:35,  
73

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan jurnalistlar va blogerlar ishtirokida tashkillashtirilgan press-turda Byuroning Namangan shahar bo‘limida jinoyat ishlari bo‘yicha shahar sudining 2021 yil 4 oktyabrdagi ijro varaqasiga ko‘ra, ashyoviy dalil sifatida olingan qalbaki 19 ming 500 AQSh dollari yo‘q qilindi — bu haqda ’UzA’ muxbiri xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, viloyat markazida yashovchi Nasimjon Paxritdinov qirg‘izistonlik fuqaro bilan til biriktirib, o‘zidagi qalbaki pullarni haqiqiy qiymatdagi 12 ming dollar pul kupyuralariga almashtirishga kelishadi. Qalbaki pullarga xaridor ham topib qo‘yilgandi. Ushbu jinoiy “to‘da” Kosonsoy tumanida soxta pullarni haqiqiysiga almashtirayotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar ustida qo‘lga olingan.

Surishtiruvlar chog‘ida guruh oldin ham xuddi shunday noqonuniy xatti-harakatga qo‘l urgani va 6 ming 800 qalbaki dollarni 4 ming haqiqiy dollarga almashtirib, pul o‘tkazmalari orqali xorijga chiqarib yuborgani aniqlandi.

Qayd etish joiz, joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida MIB idoralari tomonidan sud organlaridan kelgan tegishli tartibda yo‘q qilish bilan bog‘liq 10 dan ortiq ijro hujjati ijrosi ta’minlandi. Birgina, qalbaki valyuta bilan bog‘liq 4 ta hujjat doirasida umumiy hisobda 46 ming 650 ming dollar qalbaki pullar yo‘q qilingan.

Shuningdek, Byuroning Namangan tumani bo‘limi tomonidan bank undiruvlari bilan bog‘liq hujjatlar ijrosini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

MIB Namangan viloyati boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, shu yilning o‘tgan 11 oy davomida Byuroning tuman bo‘limi tomonidan 158 ta bank bilan bog‘liq hujjat ijrosini ta’minlash tadbirlarida jami 12 milliard 700 million so‘mlik qarzdorlik undirib berildi.

– Bo‘lim ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining 2021 yil 15 dekabrdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor "Toshbuloq export invest" xususiy korxonasidan undiruvchi Tashqi iqtisodiy faoliyat “Milliybank" Namangan viloyati filiali foydasiga 288 941 334 so‘m miqdoridagi kredit qarz va davlat foydasiga 11 557 653 so‘m boj undirish to‘g‘risidagi ijro ishi mavjud edi, – deydi MIB Namangan tuman bo‘limi davlat ijrochisi Odiljon Po‘latov. – Mazkur ijro hujjati yuzasidan joriy yilning 16 dekabr kuni ijro ishi yuritish qo‘zg‘atildi va qarzdor korxonaga qaror nusxasi topshirildi.

Aytish joizki, shu kunning o‘zida mavjud jami 300 498 987 so‘m qarzdor korxona tomonidan naqd shaklda to‘lov amalga oshirildi. Buning natijasida Byurodagi ijro ishi yuritish tamomlandi.

Bu kabi qarzdorlik undiruvlari bilan bog‘liq amaliy choralar davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан