Namanganda o‘smir bola 3 kishini avtomobilda urib yubordi

Namanganda o‘smir bola 3 kishini avtomobilda urib yubordi

Foto: Tergov departamenti

Namangan viloyati Norin tumanida 16 yoshli voyaga yetmagan shaxs Damas avtomobilini boshqargan va uch nafar piyoda harakatlanib kelayotgan ayollarni urib yuborgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Hodisa 28 iyun, yakshanba kuni Norin tumani Qorateri MFY hududida sodir bo‘ldi.

16 yoshli E.M. onasiga tegishli bo‘lgan Damasni boshqarib ketayotganda, mahallaning ichki yo‘li bo‘ylab yurgan uchta piyodani urib yuborgan.

Natijada 38 yoshli S.Q., olgan jarohatlari bilan hodisa joyida vafot etgan, 44 yoshli I.S., chap oyoq son suyagini yopiq sinishi, 43 yoshli M.R. esa bosh miya chayqalishi kabi jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Norin tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.