Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda o‘z uyida qimorxona ochgan shaxs ushlandi
7.07.2020 11:18,  
345

Joriy yilning 30 iyun kuni Namangan shahar IIO FMB TEQKB, JQB va DXX tezkor xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlar davomida «Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish» jinoyati aniqlandi.

Namangan viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 1963 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan, hozirda vaqtincha ishsiz bo‘lgan fuqaro yashash xonadonida qimorxona tashkil etib kelayotganligi bo‘yicha olingan ma’lumotga asosan uning xonadoni xolislar ishtirokida tekshiriladi.

Tekshiruvda ushbu fuqaro jami 9 nafar o‘ziga tanish bo‘lgan shaxslarga qimor o‘ynashlari uchun yashash xonadonida sharoit yaratib berganligi aniqlandi hamda voqea joyidan jami 34.867.000 so‘m pul, 1.120 AQSh dollari va xonadon egasi uchun ajratilgan 340.000 so‘m miqdoridagi pullarni ashyoviy dalil sifatida olinib, mazkur holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirildi.

Ayni paytda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан