Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda plastik kartadan pul o‘margan shaxs qo‘lga olindi
20.03.2021 21:54,  
147

Shu yilning 15 mart  kuni, Toshkent viloyatida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil 16 avgust kunidan 20 avgust kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs, o‘ziga tegishli bo‘lgan plastik kartalaridan, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan ayolga tegishli bo‘lgan plastik kartasiga Agrobank va Apelsin mobil ilovalari orqali 5.700.000 so‘m pul mablag‘larini o‘tkazib olganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, IIV TQXB xodimi va viloyat IIB TQKB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан