Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda Prezident borib ko‘rgan issiqxonalarning abgor holatdaligi aytilgan xabarga munosabat bildirildi
5.06.2021 19:42,  
457

Ijtimoiy tarmoqlarda Chortoq tumani H.Olimjon Agrofirmasi hududidagi “Baland adir” massivida “GOLDEN NUTS NAMANGAN” tomorqa agroxizmati MChJ ishtirokida qurilgan issiqxonalar bo‘yicha Chortoq tuman hokimligi  quyidagilarni ma’lum qilmoqda. 

"Chortoq tumanida aholining ish bilan bandligini ta’minlash maqsadida “Obod diyor” MFY hududidagi “Baland adir” massivida 2020 yilda 1000 ta kichik hajmdagi issiqxonalar barpo etib foydalanishga topshirilgan.

Mazkur issiqxonalarni bunyod etish uchun jami 13,4 mlrd so‘m mablag‘ sarflangan. Amalga oshirilgan ishlar natijasida mazkur tashkil etilgan issiqxonalarda 1000 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da turgan fuqarolarni ishga joylashtirish choralari ko‘rildi. Kelib ketuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida tuman markazidan “Baland adir” massiviga bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Issiqxonalarda bodring, pomidor va boshqa turdagi sabzavot ko‘chatlari birnchi hosil sifatida ekilib, daromad olishga erishilgan. Hozirda  ikkinchi hosillar ham parvarishlanib bodring va pomidorlar pishib yetilish arafasiga keldi.

Joriy yilning 31 may va 2 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan kuchli shamol natijasida  issiqxonalarning 30-35 foiz qismiga jiddiy zarar yetgan.

Bu kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tuman hokimligida muhokama yig‘ilishi o‘tkazilib, amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda yo‘l qo‘yilgan  xato va kamchiliklar tahlil qilib chiqildi. Kuchli shamol oqibatlarini bartaraf etish maqsadida issiqxonalarda jadal ekish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda"

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан