Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda quloqchin taqib yurgan yigitni poyezd urib ketdi
24.03.2021 09:09,  
190

Namangan viloyati Davlatobod tumanida 21 mart, yakshanba kuni quloqchin taqib yurgan yigitni poyezd urib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, voqea soat 11:40 atrofida Namangan shahar Elobod mahallasidan o‘tgan Rovuston–Namangan temir yo‘l oralig‘ining 88-kilometri 6-piketida sodir bo‘lgan. Rovuston bekatidan Namangan bekatiga harakatlanib ketayotgan Qo‘qon lokomativ deposi mashinisti bo‘lib ishlovchi Farg‘ona viloyatida yashovchi, 49 yoshli fuqaro teplovozni 6 ta vagon bilan boshqarib ketayotgan vaqtida kuloqchin taqib, temir yo‘l izidan ketayotgan Davlatobod tumanida yashovchi 19 yoshli yigitni urib yuborgan.

Oqibatda fuqaro bosh miya lat yeyishi, jag‘ suyagining sinishi, o‘ng qo‘li lat yeyishi tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialiga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан