Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda sevishgan yoshlar ota-onasini qo‘rqitish maqsadida bir-birlarini pichoqlab qo‘ydi
16.09.2020 16:56,  
919

2020 yil 15 sentyabr kuni soat 11:40 larda navbatchilik qismiga tuman shifoxonasidan fuqaro K.M.ni og‘ir tan jarohati bilan olib kelinganligi haqida xabar tushgan.

IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, shu kuni soat 11:00 larda Namangan viloyati, Kosonsoy tumani, «Uzunqishloq» mahallasida yashovchi 13.08.1999 y.t. fuqaro I.M va Kosonsoy tumani, «Bog‘» mahallasida yashovchi 13.07.2000 y.t. fuqaro (ayol) K.M uchrashadi.

Ular bir-birlari bilan bir-necha yil davomida yaxshi ko‘rishib, ota-onalarining turmush qurishlariga qarshilik qilganidan norozi bo‘lib, o‘zaro kelishgan holda, o‘z jonlariga qasd qilish maqsadida, dala maydonida o‘zlari bilan olib kelgan osh pichoq bilan dastlab K.M yaxshi ko‘rgan yigiti I.M ning qorin qismiga bir marotaba urib, so‘ngra pichoqni I.M ga berib, qorniga urishni so‘ragan.

Shunda I.M (yigit) pichoq bilan K.M ning qorin qismiga bir marotaba urgan vaqtida qiz hushidan ketib yiqilib tushishi oqibatida pichoq qizning qorin qismiga chuqur kirib ketadi. Natijada qiz vafot etgan, yigit esa shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

«Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, I.M va K.M lar 5 yil davomida o‘zaro sevishib yurganligiga qaramasdan, K.M ning otasi qizini Kosonsoy tumani, »Tergachi" mahallasida yashovchi, 16.07.1997 yilda tug‘ilgan F.A ga unashtirib qo‘yganligi sababli, 2020 yil 14 sentyabr kuni I.M qizning otasini oldiga borib, qizini unga berishini so‘raganda rozi bo‘lmagan.

Shundan so‘ng, 15 sentyabr kuni soat 09-00 larda I.M va K.M lar o‘zaro telefon orqali kelishib, Kosonsoy tuman markazidagi «Istirohat» bog‘i oldida ko‘rishib, ular ikkalasi birgalikda Kosonsoy tuman markazida joylashgan dehqon bozoridan 1 dona osh pichog‘ini 4.000 so‘mga sotib olib, Kosonsoy tumani, «Takarang» mahallasi, Fitrat ko‘chasida joylashgan «Namuna shirin» fermer xo‘jaligi dala maydoniga borib, o‘zaro kelishib, ota-onalarini o‘zaro turmush qurishlariga rozi qilish uchun dastlab, I.M ing qorin qismiga K.M bir marotaba pichoq urgan, so‘ngra esa K.M ning qorin qismiga I.M bir marotaba pichoq urib tan-jarohati yetkazgan. Shundan keyin, K.M olgan tan-jarohati natijasida tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan" - deyiladi vazirlik xabarida.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан