Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda suyultirilgan gaz ballonlarni 22 400 so‘mdan sotib olib, tuman aholisiga 60 ming so‘mdan sotib kelgan shaxs aniqlandi
13.02.2021 08:38,  
267

«Hududgazta’minot» AJ Moddiy resurslardan oqilona foydalanish va korrupsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirish boshqarmasi hamda «Hududgaz Namangan» gaz ta’minoti filialining tegishli bo‘limi xodimlari tomonidan «O‘zneftgazinspeksiya» bilan birgalikda o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida suyultirilgan gazning oshirilgan narxlardagi noqonuniy aylanmasi tashkil etiluvchi «bunker»larni aniqlash bo‘yicha reyd tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda «Hududgazta’minot» matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Namangan viloyati, Namangan tumanida o‘tkazilgan tadbir davomida «Navqiron» MFY, O‘rikzor ko‘chasida joylashgan 43-uyda 16 dona maishiy gaz balloni saqlanayotgani hamda ushbu manzilda yashovchi fuqaro F.Po‘latov «Namangantumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi xodimi R.P.dan 20 kilogrammlik suyultirilgan gaz ballonlarni 22 400 so‘mdan sotib olib, so‘ng ularni tuman aholisiga 60 ming so‘mdan qayta sotish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

Namangan shahri, Toshkent ko‘chasida joylashgan 73-uyda tashkil etilgan yana bir «bunker» faoliyati fosh etildi. Fuqaro B.Burxonovga qarashli mazkur uyda 94 dona maishiy gaz balloni mavjudligi hamda ushbu fuqaroga ham «Namanganshahargaz» gaz ta’minoti bo‘limi xodimlaridan biri yordam berib kelgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, ushbu noqonuniy holatlar bo‘yicha xizmat tekshiruvlari boshlandi va natijalari bo‘yicha barcha materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga topshiriladi. Shu kabi qonunbuzarlik holatlarini aniqlash bo‘yicha reydlar davom etmoqda.

«Hududgazta’minot» AJ suyultirilgan gaz iste’molchilariga 20 kilogrammlik maishiy gaz ballonning bir kilogrammini imtiyozli 1120 so‘m narxda sotilishini eslatib o‘tgan. Maishiy gaz ballonlari manzilgacha yetkaziladi va iste’molchining talabiga binoan, 3000 so‘m qo‘shimcha to‘lov evaziga uyga olib kirib o‘rnatib beriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан