Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda tog‘a va jiyan sababsiz begona kishini do‘pposladi
2.06.2020 18:15,  
250

28 may kuni Namangan viloyati Norin tumani Katta Yaydoq MFYda 34 yoshli M.K. va uning jiyani 22 yoshli K.M. jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan tartibbuzarlik sodir qilishadi.

IIV huzuridagi Tergov departamentining ma’lum qilishicha, qarindoshlar jamoat joyi hisoblangan Haqqulobod-Chinobod avtomobil yo‘lining Norin tuman Tibbiyot birlashmasi binosining qarshi tomonida hech bir sababsiz 26 yoshli B.A.ni qo‘llari bilan urib-do‘pposlab, tan jarohati yetkazadi va B.A.ning boshqaruvida bo‘lgan “Nexia” rusumli avtomashinaning old orqa va yon oynalarini sindirib, avtomashinaga zarar yetkazishgan.

Holat yuzasidan Norin tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «a,b» bandlari (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан