Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda turmushga chiqmagan ayol 6 oylik chaqalog‘ini 1,9 mln so‘mga sotib yubordi
15.11.2020 18:02,  
240

Viloyat IIB matbuot xizmatining xabar berishicha, 23 oktyabr kuni Chortoq tumani va Namangan shahar ichki ishlar organlari xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida viloyatning Chortoq tumanida yashovchi, 1999 yil tug‘ilgan ayol 2020 yil 18 may kuni dunyoga keltirgan qiz chaqalog‘ini Chortoq tumanida yashovchi, 1969 yil tug‘ilgan fuqaroga 1,9 million so‘mga sotib yuborgan.

Farzandini sotgan ayol hali turmushga chiqmagan bo‘lgan.

Holat yuzasidan Chortoq tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi (o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan odam savdosi) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан