Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda uzoq muddatga qamalgan mahkuma tergov hibsxonasida vafot etdi
23.10.2019 13:14,  
1070

Bosh prokuratura Namangan viloyatidagi IIB 6-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan 43 yoshli mahkumaning o‘limi yuzasidan bayonot berdi.

Xabarda yozilishicha, 22 oktyabr kuni soat 02:30lar chamasi sudning hukmiga ko‘ra, JKning firibgarlik va boshqa moddalari bilan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va mazkur sud hukmidan norozi bo‘lib apellyasiya shikoyati yozgan Shohista M.ning hibsxona kamerasida to‘satdan salomatligi yomonlashgan. Keyin unga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

“Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasida, mahkuma Shohista M.ning o‘limi “yurakning kamqonlik kasalligi, o‘tkir yurak qon tomir yetishmovchiligi natijasida kelib chiqqanligi, marhumada tan jarohatlari aniqlanmaganligi” ko‘rsatilgan”, - deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan Namangan tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан