Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda Xitoy bilan hamkorlikda avtozavod ishga tushadi
27.02.2019 13:05,  
16

Namangan viloyatining Pop tumanida Xitoyning Foton Motor kompaniyasi bilan hamkorlikda UzFoton qo‘shma korxinasi ishga tushadi, deb xabar qilmoqda “Namanganskaya pravda”.

UzFoton qo‘shma korxonasida Xitoyning o‘rta sig‘imdagi yuk avtomobillari va mikroavtobuslari  ishlab chiqariladi. Korxona Mustaqillik kuni arafasida, 2019 yilning 1 sentyabrida ishga tushishi rejalashtirilgan.  

Qo‘shma korxona O‘zbekistonning «Foton Do’stlik Servis» va Xitoyning Urumqi Xin Xi Xin Sheng International Trading kompaniyalari o‘rtasida tashkil etilgan bo‘lib, uning aksiyalarining 51 foizi O‘zbekiston, 49 foizi Xitoyga tegishli.

Xitoyliklar loyihaga 14 million dollar miqdorida sarmoya kiritmoqda. Prezident qarori bilan loyiha 2019 yil investitsiya dasturiga kiritilgan.

Korxona ishga tushganidan so‘ng, bu yerda oyiga 500—1000 dona avtomobil yig‘iladi. Ikki tomon kelishuviga binoan, ular hozircha 4 turdagi o‘rtacha yuk avtomobili va Foton View CS2 Supporter mikroavtobusi bo‘ladi. Barcha mahsulot UzFoton brendi ostida ishlab chiqariladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан