Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namangandagi bog‘chada ayanchli fojia ro‘y berdi
5.04.2021 08:19,  
2129

Namangan viloyati Davlatobod tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 31-sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan 6 yoshli bola bilan bog‘liq fojiali hodisa sodir bo‘ldi.

Viloyat prokuraturasi rasmiy bayonotiga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan, 2015 yilda tug‘ilgan Hoshimov Ulug‘bek Umarxon o‘g‘li 05.02.2021 yil kuni ehtiyotsizlik natijasida muassasa issiq suv tizimidagi issiq suv jumragini ochib yuborishi natijasida 2-darajali 65 foiz kuyish tan jarohatini olib, viloyat ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasiga yotqizilgan.

Voyaga yetmagan U.U.Hoshimov 2019 yil 27 fevraldan buyon ushbu muassasada aqliy rivojlanishi orqada qolish tashxisi bilan tarbiyalanayotganligi ma’lum bo‘lgan.

Olib borilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, voyaga yetmagan fuqaro U.Hoshimov kuyish natijasida olgan tan jarohatlari oqibatida 2021 yil 24 fevral kuni vafot etgan.

Namangan viloyat STEBning 24.02.2021 yilgi 70-sonli xulosasida, marhum U.Hoshimovning o‘limi – qaynoq suvdan bosh, yuz va tananing boshqa qismlarining 2, 3-darajali 70 foiz kuyishi asorati natijasida poliorgan yurak qon-tomir yetishmovchiligi natijasida o‘limga olib kelganligi va murda tanasida kuyishdan boshqa tan jarohatlari aniqlanmaganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holatga tergov yo‘li bilan baho berish zaruriyati tug‘ilganligi sababli, O‘zbekiston Respublikasi JKning 116-moddasi 3-qismi, 207-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Natijalari haqida ma’lum qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан