Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namangandagi gaz «zapravka»da navbatda turgan haydovchilardan biri vafot etdi
10.01.2021 19:23,  
1464

10 yanvarga o‘tar kechasi Namangan shahridagi «Yuksalish» mahallasi hududida joylashgan «Namangan suyuqgaz» MChJ gaz to‘ldirish shoxobchasida navbatda turgan haydovchilardan biri vafot etdi.

Kun.uz'ning yozishicha, haydovchi gaz zapravka yaqinida «Jiguli» rusumli avtomashinasini surib harakatlantirib kelayotgan vaqtida asfaltga yiqilib jarohatlanishi oqibatida vafot etgan. 

Marhum Kosonsoy tumanining «Obodon» mahallasida yashagan I.J. ekani aniqlangan.

Dastlabki tibbiy ma’lumotnomada I.J tibbiy tez yordam xizmati xodimlari yetib kelgan vaqtda vafot etib bo‘lgani qayd etilgan. Unda yuz sohasida shilinish jarohatlari borligi, tanasining boshqa qismida tan jarohatlari yo‘qligi ma’lum qilingan.

Hozirda holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан