Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namangandagi xonadonda gaz portlashi oqibatida er-xotin va ularning 3 nafar farzandi kuyib, tan jarohati oldi
12.12.2021 10:46,  
70

Namangan tumanida 12 dekabr kuni xonadonlardan birida gaz portladi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, shu kuni soat 03:20 atrofida tumanning «G‘ayrat» mahallasining Beruniy ko‘chasidagi 57-uyda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida ma’lumot kelib tushgan. Yong‘in qutqaruvchilari 03:24 da voqea joyiga yetib borgan, 03:26 da yong‘in hududi o‘rab olingan.

Qayd etilishicha, chaqnashga xonadonga tortib kelingan gaz trubasi jo‘mragi nosozligi sababli sizib chiqqan tabiiy gaz to‘planishi va uy egasi gaz hidini sezmay, elektr chiqorni yoqishi sabab bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, portlash oqibatida xonadon egasi, uning turmush o‘rtog‘i, 3 nafar farzand (2 nafar qiz va 1 nafar o‘g‘il) kuyib, tan jarohati olgan. Bundan tashqari, uyning shift va tom qismidan 20 kvadrat metr joy hamda qisman uy-ro‘zg‘or buyumlari yonib zararlangan.

Viloyat FVB kuz—qish mavsumida xonalarni isitishda nostandart, qo‘lda yasalgan anjomlardan foydalanmaslikni tavsiya qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан