Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namangandan Sirdaryoga 800 dan ziyod quruvchi yo‘l oldi
14.05.2020 15:35,  
198

Namangandagi temir yo‘l vokzalidan Sirdaryo viloyatiga maxsus poyezd yo‘l oldi. Namanganlik quruvchilar Sardoba suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishidan talofot ko‘rgan hamyurtlarimiz uchun yangi xonadonlar barpo etishni dilga tukkan.

Viloyatimizdagi 50 dan ortiq pudratchi tashkilot 800 dan ziyod ishchi-xodimini Sirdaryoga safarbar qildi. Ular safida betonchi, payvandchi, g‘isht teruvchi, bo‘yoqchi, duradgor va boshqa qurilish ustalari bor. Mirzaobod tumanining Navbahor mahallasida Namangan nomidan 135 ta xonadon qad rostlaydi.  Bu viloyatimizning Sirdaryoni tiklash ishlariga qo‘shilgan yana bir hissasi bo‘ladi.

Sirdaryoda quruvchilarimizni viloyat hokimligining maxsus shtabi vakillari kutib oladi. Mazkur shtab tomonidan mutaxassislarimizni joylashtirish, maishiy sharoitlar yaratish va ish hajmlarini belgilash bilan bog‘liq masalalar tezkorlik bilan hal etish choralari ko‘riladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан