Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganga ikkita yangi avtomobil zavodi quriladi
17.01.2021 12:04,  
618

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on shahrida qiymati 10 million dollarlik yangi avtomobil zavodi quriladi.
Loyihaning sarmoyachisi «Manas Savunma» kompaniyasi.

Namangan viloyati hokimining investisiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Okibjon Inomov ma’lumotiga ko‘ra, 2021 yil dekabridan boshlab 220 ishchi har yili yetti gektarda joylashgan ishlab chiqarish maydonchasida 3000 ta kichik yuk mashinalarini yig‘adi. Investor O‘zbekistonda sotib olinmaydigan yuk mashinalari MDH va Afg‘onistonga eksport qilinishini va’da qildi.

Xuddi shu viloyatning Chust tumanida yana bir «Namangan Changan Motors» avtomobil zavodini qurish rejalashtirilgan. Uning quvvati yiliga 1,8 ming avtomobilni tashkil etadi. BAAning bir kompaniyasi zavod qurilishiga 5,8 million dollar sarmoya kiritadi. 140 ishchi bu yil iyun oyida mashinalarning birinchi partiyasini chiqaradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан