Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganlik futbol muxlislari avtohalokatga uchradi. Qurbonlar bor
11.03.2019 13:24,  
8

10 mart, yakshanba kuni Toshkentda futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 1-turi doirasida Namanganning «Navbahor» jamoasi Qo‘qonning «Qo‘qon-1912» klubi bilan bellashdi.

Tomonlarning 1:1 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlangan bahsdan so‘ng, namanganlik muxlislar Namanganga qaytishda avtohalokatga uchragan.

«Navbahor» muxlislar klubi yetakchisi Farhod Umaraliyevning ma’lum qilishicha, «Navbahor»ning 5 nafar muxlisi bo‘lgan Nexia avtomobili To‘raqo‘rg‘onda qarama-qarshi yo‘nalishdagi Damas bilan to‘qnashib ketgan. Oqibatda Nexia’dagi 2 nafar muxlis voqea joyida vafot etgan. 3 nafar muxlis esa kasalxonaga joylashtirilgan. Ularning bari koma holatida bo‘lgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jarohatlanganlardan birining ahvoli yaxshilanib, palataga olingan.

Ta’kidlash joiz, «Navbahor»—«Qo‘qon-1912» bellashuvi Namangandagi markaziy stadion tayyor emasligi boisdan Toshkentga ko‘chirilgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан