Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganlik qo‘shtirnoq ichidagi tadbirkor "Trimol"ni "Turmol"ga aylantirdi
7.01.2021 21:39,  
741

    Namangan viloyatida bo‘lgan «Trimol» dori vositasining umumiy ko‘rinishi va nomidan foydalanib «Turmol» tabletkalarini ishlab chiqarayotgan tadbirkorga chora ko‘rildi. Bu haqda Intellektual mulk agentligi matbuot kotibi xabar qildi. Intellektual mulk agentligi matbuot kotibi Xabarga ko‘ra, «Trimol» dori vositasini ishlab chiqarayotgan Hindistonning «Ajanta pharma limited» kompaniyasining mamlakatdagi vakolatxonasi o‘zlarining tovar belgisi bilan o‘xshash hamda iste’molchini chalg‘ishiga sabab bo‘luvchi tovar belgisidan foydalanib qonunga xilof ravishda ishlab chiqarayotgan «Merrymed farm» MChJga huquqiy chora ko‘rish uchun agentlikka murojaat qilgan. Agentlik esa murojaatga asosan holat bo‘yicha ishni o‘rganib, Ma’muriy sudga bayonnoma kiritgan. Natijada « Merrymed farm» MChJga ba’zaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida ya’ni 669 000 so‘m jarima jazosi tayinlangan.
   «Tadbirkor belgilangan jarima summasini to‘lab yana ishini davom ettirishi mumkin yoki tovar belgisidan foydalanib allaqachon o‘z foydasini qilib olganku degan har xil e’tirozlar bo‘lishi mumkin. Bu borada ‘Trimol’ dori vositasini ishlab chiqargan kompaniya ikkinchi tarafni yetkazilgan moddiy zararni undirish bo‘yicha sudga bersa va buning natijasida yirik miqdorda jarima undirilsa, o‘shandagina bu kabi holatlar takrorlanishining oldini olish mumkin. Aslida qaroqchi tadbirkorlik faoliyatining oldini olish va bunga chek qo‘yish uchun BHM 3 baravari miqdorida jarima jazosi bu yechim emas. Bu borada aholining huquqiy ongini oshirish hamda o‘zganing tovar belgisidan noqonuniy foydalangan tadbirkorlarga nisbatan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadga muvofiq. Sababi Intellektual mulk agentligiga o‘z huquqlari buzilayotgan tadbirkorlar murojaat qilishmasa, Agentlik bu borada hech qanday chora ko‘ra olmaydi. Chunki tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshirish agentlik vakolatiga kirmaydi», deyiladi xabarda.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан