Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganlik tergovchilardan qochib yurgan xavfli jinoyatchi Qozog‘istondan ushlab kelindi
6.05.2021 16:02,  
318

Joriy yilning 2 may kuni o‘tkazilgan “Qidiruv” tadbiri davomida, Jinoyat kodeksining  168-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, tergov idoralaridan yashirinib yurgan, Namangan shahrida yashagan, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro viloyat IIB JQB tezkor vakili tomonidan yuborilgan qidiruv topshirig‘iga asosan Qozog‘iston Respublikasi Karaganda shahridan ushlangan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati ma’lum qildi.

Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasining rozilik xatiga ko‘ra va Minsk konvensiyasiga asosan Almata shahridan etap qilinib, Namangan shahar IIO FMB VSXga joylashtirilgan.

Ma’lumot uchun: Jinoyat kodeksining 168-moddasi firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritish bilan bog‘liq.

Mazkur moddaning 3-qismi:

a) juda ko‘p miqdorda;

b) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;

v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан