Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nariman Grigoryanning qotili ushlandi
18.01.2020 11:23,  
20510

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsuddinovning xabar berishicha, Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan dizayner Nariman Grigoryan qasddan o‘ldirilganligi holati yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov davomida jinoyatni sodir etgan shaxs aniqlanib, unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

"Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi", deyiladi xabarda.

2020 yil 14 yanvar kuni Yashnobod tumani, Chigil ko‘chasida joylashgan xonadonning mehmonxonasidan, ushbu xonadonda ijarada istiqomat qilib kelgan 1985 yilda tug‘ilgan A.N. (Nariman Grigoryan)ning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgandi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан