Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Narpaylik tadbirkor 313 ta xonadonning 1 oylik gazini o‘g‘irlab “yashirin sex”ga ishlatdi
3.03.2021 16:55,  
122

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining axborotiga ko‘ra, Narpay tumanida o‘zboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmog‘iga ulangan “yashirin sex” faoliyatiga chek qo‘yildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Narpay tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishda, fuqaro M.R. va boshqalar o‘zboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib, ohak pishirish faoliyati bilan noqonuniy shug‘ullanib, hududiy gaz ta’minoti korxonasi manfaatlariga 119,8 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Hisob kitoblarga ko‘ra, noqonuniy ishlatilgan tabiiy gaz hududdagi 313 ta xonadonni 1 oy davomida uzluksiz gaz bilan ta’minlashga yetishi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan M.R. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан