Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Narx-navo oshishidan kambag‘al qatlam jabr ko‘ryapti — Ulug‘bek Inoyatov
10.06.2021 12:09,  
229

Bugun ayrim turdagi ijtimoiy muhim iste’mol mahsulotlari narxlari oshib borishi e’tirozlarga sabab bo‘lyapti. Ushbu holatga O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi Ulug‘bek Inoyatov munosabat bildirdi.

«Bundan eng ko‘p kambag‘al oilalar jabr ko‘rmoqda. Chunki ularning xarid qobiliyati bugungi narx-navoga mos emas. Shu boisdan ularning iste’mol darajasi pasayib bormoqda.

Statistikaga qaraydigan bo‘lsak, mamlakat iste’mol bozorida o‘simlik yog‘iga bo‘lgan o‘rtacha yillik ehtiyojining (460 ming tonna) qariyb 50 foiz qismi import hisobidan qoplanadi. Shu boisdan kungaboqar yog‘i narxi o‘rtacha 35-40 foizga qimmatlashgan», deydi u.

Inoyatovning qayd etishicha, 2020 yilda go‘sht importi hajmi 56,1 ming tonnani tashkil etgan, joriy yilning o‘tgan davrida 23,7 ming tonna go‘sht (jumladan, 8,1 ming tonna mol go‘shti, 15 ming tonna parranda go‘shti) import qilinib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 marta o‘sgan.

«Bug‘doy, o‘simlik yog‘i, shakar, go‘sht va kartoshka mahsulotlari bo‘yicha respublika ichki iste’mol talabini mahalliy resurslar hisobidan ta’minlash imkoniyati cheklangan. Shuning uchun ham bozorlarimizda ehtiyoj chetdan import qilish orqali to‘ldirilmoqda.

O‘zimizda resurs bo‘la turib, imkoniyat bo‘la turib, oxirgi vaqtlarda go‘sht, tuxum, o‘simlik yog‘i va shakar mahsulotlarining narxi keskin oshgani afsuslanarli holat. Hukumatning tegishli tuzilmalari bu muhim masalada chuqur tahlillarga asoslangan choralar ko‘rmagani sezilib qolyapti. Bu oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, yo‘nalishda faoliyat olib boradigan tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga yetarli e’tibor qaratilmaganidan dalolat beradi», deb yozmoqda deputat.

Unga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyati ishlab chiqarishga emas, balki chetdan olib kirib sotish bilan bog‘liq tor doiradagi faoliyatga aylanib qolayotgani xavotirli.

«Respublikada mavjud yog‘-moy kombinatlari faoliyatini modernizatsiya qilish, chorvachilikni rivojlantirish, buning uchun yaylovlarni ko‘paytirish, yem-ozuqa ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirish masalalari e’tibordan chetda qoldi.

Halol tadbirkorlarga mahsulotini past narxlarda sottirish emas, balki ular faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, bozorlarda maxsus savdo maydonlarini yaratib berish, shu orqali taklifni ko‘paytirish kerak.

Bozorlarni bugun eng zarur iste’mol tovarlari bilan to‘ldirib borish bo‘yicha tizimli yondashuv lozim. Bozorlarda narx-navoni barqaror ushlab turish, oziq-ovqat xavfsizligi masalalarida strategiya ishlab chiqish zarur», deydi Inoyatov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан