Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Narxi keskin oshgan shakar, yog‘ hamda go‘sht va kartoshka vaqtincha QQSdan ozod etiladi
15.10.2020 13:10,  
908

Koranavirus pandemiyasi davrida aholi, tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash va iste’mol bozorida narxlarning barqarorligini ta’minlash maqsadida Soliq kodeksiga qo‘shimchalar kiritilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.

Kiritilayotgan o‘zgarishlarga binoan, 2020 yil 15 oktyabrdan boshlab quyidagi mahsulotlar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi:

  • 2021 yil 1 yanvargacha muddatga shakar va shakar hom ashyosini O‘zbekistonga olib kirish, shuningdek uni realizatsiya qilish aylanmalari;
  • 2021 yil 1 iyulgacha muddatga O‘zbekiston Respublikasiga kartoshka, o‘simlik yog‘i, go‘sht (mol go‘shti, qo‘y go‘shti, tovuq go‘shti va boshqalar), hayvonlarni (qoramol va parranda) tirik holda va ularni so‘yishdan olingan mahsulotlarni olib kirish, shuningdek ularni realizatsiya qilish aylanmalari.

Bu tartiblar chetdan mahsulot olib kirish bilan birga ichki bozorda shu bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarimiz uchun ham qo‘llanishi ko‘zda tutilmoqda. Shu sababli qonun loyihasi matni keyingi o‘qishlarda tahririy jihatdan o‘zgartirildi.

Ushbu qonun loyihasi deputatlar K. Ernazarov, M. Qurbonboyev, A. Umirov tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va “Bu bozorlarda oshib borayotgan o‘simlik yog‘i, go‘sht va boshqa iste’mol mahsulotlarining narxi pasayib, barqarorlashiga olib kelishi zarur”, - deya umid qilgan deputat Kusherbayev.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Loyihani shu hafta so‘nggida kutilayotgan Senat yalpi majlisiga kiritish rejalashtirilgan.

Avvalroq, sentyabr oyining ohirgi o‘n kunligida ichki bozorlardagi shakar, yog‘ va tuxum narxlari keskin oshganligi habar qilingan edi. Ushbu mahsulotlar narxlarining 15% dan 30% gacha oshishi sabablari yuzasidan Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi izoh bergan.

Shu bilan birga Davlat statistika qo‘mitasining sentyabr oyi bo‘yicha bergan hisobotida mahsulotlarning keskin oshishi hisobga olinmagan. Davstatqo‘m hisob-kitobiga ko‘ra, sentyabr oyida tuxum 6,5% ga, Yog‘-moy mahsulotlari 2,3% ga, shakar 0,5 ga qimmatlashgan. Bozorlar esa bu hisobotga ishonmayapti.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан