Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Narxlar o‘sishi qariyb ikki baravar sekinladi — DavStatQo‘m
2.03.2020 18:54,  
429

Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yilning fevral oyida iste’mol sektoridagi inflyasiya darajasini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, fevral oyida iste’mol narxlari va tariflari darajasining oy davomidagi o‘rtacha o‘sish sur’ati 0,8 % ni tashkil etdi.

2020 yilning dastlabki ikki oyi davomida tovar va xizmatlar narxi o‘rtacha 1,4 %ga o‘sdi.

2019 yilning dastlabki ikki oyida inflyasiya 3,1 foizni tashkil qilgan edi.

“Biz YaIMni ko‘paytirmasak, odamlarni hech qachon boy qila olmaymiz. 2020 yil Inflyasiya past bo‘lishiga va’da bera olmaymiz. Buning iloji ham yo‘q. Ayniqsa, paxta va g‘allaga davlat zakazi bekor qilinsa, paxta va g‘alla egasi yarmarkalarda o‘z narxini qo‘yadi. Bu esa narx-navo o‘sishiga olib keladi”, — degan edi 25 yanvar kuni Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida ishtirok etgan o‘sha paytdagi Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov.

Eslatib o‘tamiz, joriy yildan Markaziy bank inflyasiya darajasini 2023 yilda 5 %gacha pasaytirishga mo‘ljallangan targetlash rejimiga o‘tadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан