Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Narzullo Oblomurodov yangi lavozimga ma’qullandi
30.12.2021 17:56,  
290

Qonunchilik palatasi deputatlari 30 dekabr kuni Narzullo Oblomurodov nomzodini Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga ma’qulladi.

Xabar qilinishicha, Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tgan. Unda deputatlar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga Narzullo Oblomuradov nomzodini ko‘rib chiqib, ma’qullagan.

U shu kunga qadar Ekologik partiyasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi a’zolari, vazirlar lavozimga tayinlanishidan avval ularning nomzodi Quyi palatada deputatlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан