Bu haqda NASA rahbari Bill Nelson ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Marsda tadqiqotlar davom etmoqda: Perseverance marsoxodi sayyoraning yuzini o‘rganayotgan bo‘lsa, uning orbitasida avtomatik sayyoralararo stansiyalar Marsning yuzi va atmosferasini tahlil qilmoqda.
Qayd etilishicha, NASA mutaxassislari Oy va Marsdagi hayotni ta’minlash masalasi bilan shug‘ullanmoqda. "Bizning maqsadimiz — Oydagi hayot va ishlash haqidagi bilimlarimizni quyosh tizimidagi sayyoralarni yanada tadqiq qilish uchun qo‘llash", dedi Nelson.
Eslatib o‘tamiz, kecha AQSh prezidenti Jo Bayden 2023 moliya yili uchun byudjet loyihasini taklif qilgan edi. Unga ko‘ra, NASA ilmiy tadqiqotlar, Yerni o‘rganish va kosmik texnologiyalarni rivojlantirish uchun taxminan 26 milliard dollar olishi mumkin.