Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nasaf futbol jamoasi yangi homiy bilan 10 mlrd so‘mlik shartnoma imzoladi
15.10.2019 18:47,  
390

2018 yil 16 martdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2018-2022 yillarda futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi № PP-3610 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Enter Engineering kompaniyasi Qarshining Nasaf jamoasi bilan 2020 yilning oxiriga qadar qiymati 10 mlrd so‘mlik shartnomaga imzo chekdi. Bu haqda sports.uz xabar bermoqda.

Ushbu mablag‘lar «Nasaf» klubining moddiy-texnik, ilmiy-uslubiy bazasini mustahkamlash hamda rivojlantirish, o‘quv-mashg‘ulot jarayonining yuqori sifatini ta’minlash, shuningdek, futbolni keng aholi o‘rtasida ommalashtirish va targ‘ib qilish uchun yo‘naltiriladi.

Nasaf so‘nggi yillarda jiddiy moddiy qiyinchiliklarga uchradi. Shu sababdan jamoa yetakchilari har mavsum oldidan boshqa jamoalarga, asosan "Paxtakor"ga o‘tishar edi. Hozirda "Paxtakor"ning 5 nafar futbolchi "Nasaf"dan transfer qilingan.

Shuningdek, jamoaning akademiyasi O‘zbekistondagi eng yaxshi akademiyalardan biri sanaladi. Qarshiliklarning 12 nafari O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi a’zosi ekanligi ham bu fikrni tasdiqlaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан