Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Nasaf» — «So‘g‘diyona» uchrashuvida ommaviy janjal yuzaga keldi (video)
5.07.2021 07:30,  
2036

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 12-turi doirasida kechgan «Nasaf» — «So‘g‘diyona» uchrashuvida (1:0) har ikki jamoa vakillari o‘rtasida tortishuvga vaziyat yuzaga keldi.

Uchrashuv yakunlanishi arafasida mehmonlar «Nasaf» futbolchisiga nisbatan qo‘pol harakat qildi. Natijada bu ommaviy tortishuvga aylanib ketdi. Vaziyatga huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari aralashdi va biroz muddatdan keyin holat yumshadi. Hakam videotakrorlar yordamida uch nafar futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatdi. Janjal keltirib chiqargan Jamshid Boltaboyev («So‘g‘diyona») va Sherzod Nasrullayev («Nasaf») to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochkaga loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, Husniddin Aliqulov («Nasaf») ikkinchi ogohlantirishni olib chetlatildi.

Qayd etish kerak, bosh hakam Shavkat Nasibullayev bu vaziyatdan sal avval «So‘g‘diyona»ning golini bekor qilgandi. Hakam videotakrorlardan keyin hujum vaqtida qoida buzilishi yuzaga kelganini qayd etdi va golni inobatga olmagandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан